Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 noyabr kungi “Huquq-buzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hamkorlik, bu borada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar to’g’risida”gi videoselektr yig’ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R.Salomov boshchiligidagi Ishchi guruh Andijon shahrida joylashgan “Farobiy”, “Xo’tan ariq”, “Jumabozor” MFYlarida, Baliqchi tumanida joylashgan “YUrtobod” MFY, “Eshonchek” MFY, “Zulfiqor MFY, ”Xo’jaobod tumanida joylashgan “Baxrin”, “Qurama”, “Orday” MFYlaridagi mavjud muammolarni o’rganish va ularni bartaraf etish bo’yicha ochiq muloqotlar o’tkazdilar.

Muloqotlarda institut rektori so’z olib, 2017 yil 15 noyabr kungi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev rahbarligida o’tkazilgan videoselektr yig’ilishida mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olishda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlarni mazmun-mohiyati, unda fuqarolarning ishtiroki ham muhimligi to’g’risida tushuntirish ishlarini olib bordilar.

SHuningdek, joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o’rganildi. Baliqchi tumanida joylashgan “Eshonchek” MFY raisi Erkaboyev Qosimjon bilan suxbatlashilganda 2017 yilning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha 300 tonna ko’mirga ariza berilganligi, lekin shundan oktyabr oyida faqatgina 17 tonna ko’mir olib keltirilganini ma’lum qildi. Mahalla xududi aylanilib, aholi honadonlariga tashrif buyurilganda qishga ko’mir zahira yo’qligi, faqatgina o’zlari hisobidan bozordan olingan oz miqdorda o’tin va ko’mir zaxiralar borligi aniqlandi.

Yig’ilishda ishtirok etgan MFY raislari, mahalla faollari o’zlarining taklif va muammolari bilan murojaat etdilar.