Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 30 noyabr kuni institutning Mashinasozlik fakulteti anjumanlar zalida institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi, Xotin-qizlar Qo’mitasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti, institut “Olima” ayollar uyushmasi hamkorligida 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida “Xasad emas, havas qiling!” mavzusida institutning iqtidorli talabalari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda institutda tahsil olayotgan 4 nafar nomdor stipendiya sovrindorlari, 20 dan ziyod xalqaro va respublika sport musobaqalari g’olib va sovrindorlari ishtirok etib, o’zlarining erishgan yutuqlari to’g’risida yig’ilganlarga batafsil so’zlab berdilar.

Tadbirning badiiy qismida institutning iqtidorli talabalari tomonidan kuy va qo’shiqlar ijro etildi hamda “Quvnoqlar va zukkolar” respublika yarim final bosqichi ishtirokchisi institutning “Beklar” terma jamoasining sahna ko’rinishlari namoyish etildi va barcha ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdilar.

Tadbirda jami 205 nafar talabalar hamda 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.