Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining ijarada turuvchi talaba qizlarining yashash manzillariga tashrif o’tkazildi

2017 yil 30 noyabr kuni “Institut birlashgan xotin-qizlar qo’mitasi” raisi R.K.Yusupova, Ma’naviyat bo’limi boshlig’i M.N.Holiqova, Olima ayollar uyushmasi raisi M.N.Umarova va “Mashinasozlik fakulteti” xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.Hojimuxammedovalar “Mashinasozlik texnologiyasi” fakultetining ijarada turuvchi talaba qizlarining yashash manzillariga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida fakultetning 5 nafar talabalarining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar va xonadon egalari bilan talaba qizlarning odob-ahloqi xususida, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar to’g’risida suhbat o’tkazdilar.