Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 22 may kuni institutning talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar o’rtasida “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”, Axborot-resurs markazi va Kamolot YOIH hamkorligida ”Eng faol kitobxon” tanlovi o’tkazildi.“Eng faol kitobxon” tanlovi birinchi shartida tanlov ishtirokchilari «Tanishtiruv» mavzusida o’zlarini tanishtirdilar. Bunda tayyorlangan materialni professional tarzda bayon etish va yetkazib berish mahorati baholandi.

Tanlovning ikkinchi shartida ishtirokchilar o’zlariga ajratilgan 3 daqiqa ichida mumtoz adabiyot, jahon adabiyoti va zamonaviy o’zbek adabiyotidan o’qigan asarlarini tasvirlab berishdi.

Uchinchi “Bitta asar tahlili” shartida ishtirokchilar bir vaqtda navbatma navbat Said Ahmadning “Qorako’z Majnun” asarini tahlil qilib berishdi.

To’rtinchi shartdagi adabiy viktorinada esa ishtirokchilarning belgilangan vaqt ichida o’zbek klassik va zamonaviy adabiyotiga doir savollarga javob berishlari baholandi.

«Badiiy sahna ko’rinishi» mavzusidagi ijodiy beshinchi tur tanlovida jamoalarga o’zlarining ijodiy qobiliyat va iste’dodlari, qiziqishlarini to’liq namoyon etishga imkon berildi. Unda ishtirokchilarning hajviy va hazil-mutoyibali teatrlashtirilgan musiqiy chiqishlari, o’z qiziqishlariga ijodiy yondoshuvi, aktyorlik mahoratini ko’rsatib berdilar.

Tanlov g’oliblariga institut esdalik sovg’alari topshirildi.