Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Joriy yilning 20 may kuni “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi tashabbusi bilan Andijon mashinasozlik institutida 20 may “Butun jahon Metrologlar kuni” munosabati bilan “O‘lchash aniqligi — sifat va havfsizlik garovi” mavzusida amaliy anjuman o‘tkazildi.

     Anjumanni Andijon mashinasozlik instituti rektori Salomov O‘ktam Raximovich ochib berar ekan, yurtimizda metrologiya sohasida olib borilayotgan ulkan o‘zgarishlar, sohadagi yutuqlar, mamlakatimizda metrologiyani taraqqiy etishi, uning tashkiliy-huquqiy asoslari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

     Tadbirda Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalari, Andijon viloyati “Sinov Sertifikatlashtirish Markazi”-DK, direktori A.G.Chakalov, Metrologiya bo‘limi boshlig‘i D.T.Turg‘unov, Sifat menejmentlarini sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i Z.A.Xamidova va boshqa mutaxassislar ishtirok etdilar.
Bundan tashqari “GM-Uzbekistan” AJ laboratoriya bo‘limi boshlig‘i D.Yuldashev va I.Ibroximjonovlar, Andijon yog‘-moy raxbari A.A.Xusanov, Namangan muxandislik-texnologiya instituti “Metrologiya” kafedrasi mudiri S.A.Yusupov, “Uz Dong Won Co” O‘zbekiston -Koreya qo‘shma korxonasi vakillari va bir qator ishlab chiqarish korxonalarining soha xodimlari ishtirok etdilar.
      Anjumanda “O‘zbekistonda metrologiyani rivojlanish tarixi, yutuqlar, istiqbolli rejalar, “Metrologiyaning iqtisodiyotimizdagi o‘rni”, “Tibbiyot sohasida — metrologiya”, “Metrologiyaning ishlab chiqarishdagi ijtimoiy axamiyati” kabi bir qator ilmiy mavzudagi ma’ruzalar tinglandi.
     Tadbir davomida ta’lim muassasasining “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifat menejmenti” kafedrasi tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar ishlarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, institutning “MSMSM” yo‘nalishida tahsil olayotgan bir guruh talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari tadbir ishtirokchilari tomonidan ijobiy baxolandi. Ayniqsa 4 bosqich talabasi Ismoiljonov Yodgorbekning “Avtomobil sanoatida metrologiyaning o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi ingliz tilida tayyorlangan ilmiy tadqiqoti professor-o‘qituvchilar va soha xodimlari tomonidan yuqori baxolandi. Bundan tashqari “MSSB” mutaxasissligi magistri Nishonov Voxobjonning “Tibbiyot sohasida-metrologiya” mavzusidagi taqdimoti tinglandi. Taqdimotda tibbiyot soxasida metrologiyaning dolzarbligi hamda ushbu sohada o‘lchashlar va ularning aniqligini taminlash usullari bilan bog‘liq muammolar yoritib berildi.
Anjuman ishtirokchilari yurtimizda metrologiya soxasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va bir qator yutuqlar bilan birgalikda hali qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifalar, yechimini kutayotgan muammolar to‘g‘risida ham fikr-muloxazalar bildirib o‘tishdi.
    Tadbir so‘nggida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, yutuqlarga erishayotgan biri guruh talabalar institutning estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

We cannot display this gallery