Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf
         2017 yil 19 maykuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloq va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 197-bandida belgilangan “Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 10 ming nafar ta’lim muassasalari bitiruvchisiga o’z tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit mablag’lari ajratish” to’g’risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’shma qarorini ijrosi buyicha Andijon mashinasozlik institutida “Ipoteka bank” Andijon viloyat filiali va Savdo Sanoat Palatasi Andijon viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o’z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo’lgan bitiruvchilar  uchun “O’z biznesingizni yaratish” mavzusida seminar trening tashkil etildi.
        Seminarni Andijon mashinasozlik instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M. Ermatov ochib va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2909-sonli Qaroriva O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining qo’shma qarori va ni mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o’tdi.Savdo Sanoat Palatasi Andijon viloyat boshqarmasi bo’limi boshlig’i D.Raimjonovtadbirkorlik faoliyati va biznes reja tuzish haqida uz fikr-mulohazalarini bildirdi.“Ipoteka bank” Andijon viloyat filliali “Qurilish ob’ektlarini moliyalashtirish” bo’limi boshlig’i Murodjon Mo’minov bitiruvchi talabalar uchun o’z bizneslarini yo’lga qo’yishlari uchun kredit mablag’lari olish yuzasidan tegishli axborot hamda tavsiyalarni berdi.
       Suhbat so’ngida soha mutaxassislariga bitiruvchi talabalar o’zlarining savollari bilan murojaat qildilar hamda tegishli javoblarni oldilar. Mazkur seminar-uchrashuv o’z tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi bitiruvchi talabalar uchun o’ta ahamiyatli amaliy yordam sifatida baholandi.