Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 7 mart kungi viloyat xokimligida o’tkazilgan selektor yig’ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida  institutning 2017 yil 9 mart bilan 98-sonli buyrug’i ishlab chiqildi. Buyruqqa asosan institutning O’quv-uslubiy bo’limiga barcha akademik guruhlarda haftaning har payshanba kuni birinchi juftlik “Ma’naviyat soati” (profilaktika) darslarini qo’yish vazifasi yuklatilgan.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha institutning yetakchi professor-o’qituvchilari hamda guruh murabbiylari tomonidan 2017 yil 18 may kuni institutning 138 ta akademik guruhlaridan 3994 nafar talabalarga viloyat hokimligi tomonidan taqdim etilgan yagona tezis asosida hafta davomida viloyatda yoshlar tomonidan sodir etilgan o’g’irlik, tan jarohati yetkazish, giyohvandlik va boshqa turdagi jinoyatlar xususida talabalarga (profilaktika) darslari tashkil etildi. 

2017 yil 18 may kuni institutning katta anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta-o’qituvchisi, podpolkovnik R.Raxmonov, Akademiyaning tinglovchilari N.Umaraliev, M.Mamasoliev, S.Xolmatov, A.Axmedov, I.To’raev, B.Madrahimov, A.Bekmirzaev, B.Umarov, X.Qosimjonov, X.Soipov, D.Kozimov, SH.Tojiboev, Andijon shahar Pistamazor jome-masjidi imom xatibi X.Sulaymonovlar ishtirokida Avtomatika va elektrotexnika fakulteti, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti va Mashinasozlik fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan “Diniy ekstremizm va terrorizm-taraqqiyot kushandasi” mavzusida hamda viloyatda sodir etilgan jinoyatlar va ko’ngilsiz xodisalarni muhokama etish yuzasidan olib borilgan profilaktik ishlar xususida yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda soha mutaxassislari mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar hamda “Fitna” nomli videorolik namoyish etildi.