2017 yil 13 may kuni Andijon Davlat universiteti qoshidagi Asaka akademik litsey bitiruvchilariga institutning Mashinasozlik fakultetining yig’ilishlar zalida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o’tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga institut “Akademik litsey kasb-hunar kollejlari bilan ishlash” bo’limi boshlig’i M.Xasanova institut qoshida tashkil etilgan “Texnologiyalar markazi” tayyorlov kursidagi barcha yo’nalishlar bo’yicha talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari haqida mahlumotlarni yetkazdi.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbirida Andijon Davlat universiteti qoshidagi Asaka akademik litsey bitiruvchilaridan 30 nafar hamda 2 nafar o’qituvchilar ishtirok etdilar.