Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2829-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 26 apreldagi 87-02-1312 raqamli hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovning 2017 yil 10 apreldagi 11/05-111-raqamli topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan hamda 2017-2018 o’quv yilida akademik litsey bitiruvchilarini Oliy ta’lim muassasalariga to’liq jalb qilish maqsadida 2017 yil 12 may kuni Andijon mashinasozlik instituti prorektori A.Ermatov tashabbusi bilan “Nurli kelajak” shiori ostida Ochiq eshiklar kuni tadbiri o’tkazildi.

Ushbu Ochiq eshiklar kuni tadbiri Institutning katta anjumanlar zalida Akademik litseyning 5 nafar pedagog o’qituvchi va 150 nafar bitiruvchi o’quvchilari hamda institutning malakali professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Institutning malakali professor-o’qituvchilari tomonidan institut tarixi, fakulьtetlar, ta’lim yo’nalishlari va iqtidorli talabalar, ularning erishgan yutuqlari xaqida institut qoshida faoliyat ko’rsatayotgan “Texnologiyalar markazi” tayyorlov kurslari to’g’risida ma’lumotlar yetkazildi.  SHundan so’ng litsey bitiruvchilarini o’zbek va ingliz tilida berilgan savollariga institutning professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan to’liq javob berildi.

O’tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bitiruvchilariga 2017/2018 o’quv yiliga kirish imtihonlarini tashkil etish bilan bog’liq masalalar to’g’risida batafsil ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatini berdi va tadbir yakunidan Litsey bitiruvchilarini qiziqishlari va ularni o’rtasida ingliz tilida bo’lib o’tgan suhbatdan litsey pedagog o’qituvchilari va bitiruvchilari Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurganidan yuqori ta’surotlarga ega bo’lganligi to’g’risida o’z fikrlarini bildirib o’tdilar.