Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 7 mart kuni viloyat xokimligida o’tkazilgan selektor yig’ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida  institutning 2017 yil 9 mart bilan 98-sonli buyrug’i ishlab chiqildi. Buyruqqa asosan institutning O’quv-uslubiy bo’limiga barcha akademik guruhlarda haftaning har payshanba kuni birinchi juftlik “Ma’naviyat soati” (profilaktika) darslarini qo’yish vazifasi yuklatilgan.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha institutning yetakchi professor-o’qituvchilari hamda guruh murabbiylari tomonidan 2017 yil 11 may kuni institutning 138 ta akademik guruhlaridan 3994 nafar talabalarga viloyat hokimligi tomonidan taqdim etilgan yagona tezis asosida hafta davomida viloyatda yoshlar tomonidan sodir etilgan o’g’irlik, tan jarohati yetkazish, giyohvandlik va boshqa turdagi jinoyatlar xususida talabalarga (profilaktika) darslari tashkil etildi. 

Shuningdek, Andijon viloyat IIB JKVATKKB UMIB katta tezkor vakili mayor X.Mirzaaxmedov hamda viloyat IIB JKVATKKB UMIB katta tezkor vakili, mayor E.G’anievlar ishtirokida “Korruptsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori N.Ikromov so’zga chiqib, yig’ilish qatnashchilariga kun tartibidagi masala yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi.

Jumladan, korruptsiya – bu jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illat ekanligini, u demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazib, inson huquqlarning buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar hayotiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa xodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradigan illat ekanligi to’g’risida gapirdi.

Shundan so’ng N.Ikromov so’zni Andijon viloyat IIB JKVATKKB UMIB katta tezkor vakili mayor X.Mirzaaxmedovga berdi.

X.Mirzaaxmedov o’z so’zida, O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati to’g’risida yig’ilganlarga atroflicha tushunchalar berdi.

Yig’ilishda viloyat IIB JKVATKKB UMIB katta tezkor vakili mayor E.Ganiev so’zga chiqib, Andijon viloyatida IIB tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan profilaktik profilaktik tadbirlar hususida ma’ruza qildi.

Seminarda prorektorlar, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar hamda 170 nafar talabalar ishtirok etdilar.