Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son Qarori ijrosi to’g’risida”gi 244-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2017 yil 24 oktyabr sanasi bilan 183-sonli buyrug’i ishlab chiqildi.

Buyruqqa asosan, institut Ilmiy Kengashida mazkur qaror mazmun-mohiyati bo’yicha institut rektorining taqdimoti tashkil etildi hamda joriy yilning 30 mayiga qadar institutning har bir fakultetida qarorni o’rganish natijalari yuzasidan interaktiv seminar tashkil etilishi rejalashtirildi.

Institutda faoliyat olib borayotgan fakultetlarga prorektorlar biriktirildi va fakultetning boshqaruv xodimlari va professor-o’qituvchilarining to’liq tarkibi uchun ular tomonidan mazkur qarorning taqdimotlari o’tkazildi.

Shuningdek, institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi tomonidan taqdim etilgan materiallar yordamida institutda o’tkazilayotgan “Axborot soatlari”da mazkur qaror qabul qilinishidan ko’zlangan maqsad, uning mazmun-mohiyati to’g’risida talabalar o’rtasida keng tushuntirish ishlari guruh murabbiylari tomonidan har bir akademik guruhlarda olib borilmoqda.