Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 10 may kuni institutning ochiq maydonida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tantanali yig’ilish o’tkazildi.

Tantanali yig’ilish Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Xodimlar va talabalar kasaba uyushma Qo’mitasi raisi M.Qo’chqarov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti yetakchisi I.Kabulovlar ishtirokida o’tkazildi.

Tadbirga institutda faoliyat olib borayotgan baynalminal jangchilar zaxiradagi kapitan A.Sarimsaqov, askarlar Q.Rahimov, D.To’lanov, A.Isroilovlar taklif etildi hamda ular bayram munosabati bilan rag’batlantirildi.

Shuningdek, yig’ilishda talabalar so’zga chiqib, bayram ishtirpokchilarini hamda baynalminal jangchilarni bayram bilan muborakbod etdilar. Tadbirdan 100 dan ziyod professor-o’qituvchilar hamda 1200 nafar talabalar ishtirok etdilar.