Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 4 may kuni institutning katta anjumanlar zalida viloyat IIB boshlig’ining birinchi o’rinbosari, polkovnik A.Q.Parpiev, Andijon shahar IIB boshlig’i, polkovnik Sh.B.Parpiev, viloyat IIB PPX va JTSB boshlig’i, podpolkovnik I.Axmedov, Andijon shahar IIB tergov bo’limi boshlig’i o’rinbosari, tergovchi A.Akramovlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishni institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova olib bordi. Yig’ilishga tashrif buyurgan mehmonlarni yig’ilganlarga tanishtirdi.

 M.Haliqova talabalarni kun tartibiga qo’yilgan masala mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o’tdi hamda so’zni Andijon viloyat IIB boshlig’ining birinchi o’rinbosari, polkovnik A.Q.Parpievga berildi.

Polkovnik A.Q.Parpiev o’z so’zida, O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonun, uning joylardagi ijrolari “Ichki ishlar organlari tomonidan ayrim majburlov choralarining qo’llanishining huquqiy asoslari. SHuningdek, jinoyatchilikni oldini olish borasida viloyatda IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, o’tkazilayotgan uchrashuv va yig’ilishlar to’g’risida tushunchalar berdi.

Andijon shahar IIB tergov bo’limi boshlig’i o’rinbosari, tergovchi A.Akramov so’zga chiqib, Andijon shahrida birinchi chorak davomida firibgarlik, tovlamachilik, huquqbuzarlik xolatlari bo’yicha sodir etilgan turli xil jinoyatlar xususida gapirib o’tdi.

Yig’ilishda institut rektori U.R.Salomov so’z olib, yoshlarga oid qabul qilingan davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi, talabalarni iqtidorlarini namoyon qilish borasida olib borilayotgan keng ko’lamli istiqbolli ishlar xususida shu bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son Qarorining mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o’tdi.

Shuningdek, polkovnik Sh.B.Parpiev o’z so’zida, “Profilaktika kuni”da Andijon shahrida 25 aprelь kunidan 1 may kuniga qadar sodir etilgan jinoyatlar va ko’ngilsiz hodisalar jumladan: internet tizimidan samarasiz foydalanayotgan yoshlar, diniy ekstremizm va terrorizm ta’siriga tushib qolayotgan yoshlarning ayanchli taqdirlari to’htalib o’tdi.

yig’ilishda viloyat IIB PPX va JTSB boshlig’i, podpolkovnik I.Axmedov so’zga chiqib, viloyatimizda jamoatchilik tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida gapirib o’tdi. Viloyatda sodir etilayotgan jinoyatlarning ko’p foizi asosan yoshlar tomonidan sodir etilayotganligi to’g’risida atroflicha to’htaldi. 

Yig’ilish davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.