Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 4 may kuni guruh murabbiylari tomonidan yagona tezis asosida institutning 147 ta akademik guruhlarida “Profilaktika darslari” tashkil etildi.

Shuningdek, Andijon shahar IIB tergov bo’limi tergovchilari I.Abdullaev, E.Atashev, Sh.To’lqinjonovlar tomonidan Avtomatika va elektrotexnika fakultetining 72 nafar talabalariga “Profilaktika darslari”ni tashkil etdilar.

Dars mashg’ulotida tergovchi I.Abdullaev joriy yilning 7 mart kuni o’tkazilgan selektor yig’ilishida viloyat hokimi SH.Abdurahmonov tomonidan “Profilaktika kuni”da viloyatda 25 aprel kunidan 1 may kunlariga qadar sodir etilgan jinoyatlar va kungilsiz hodisalarni muhokama etish yuzasidan berilgan topshiriqqa asosan o’z tashriflari xususida gapirdi.

Tergovchi E.Atashev o’z navbatida Andijon shahar IIB xodimlari tomonidan yoshlar orasida o’g’irlik, qo’shmachilik, firibgarlik, odam savdosi holatlarini oldini olish borasida olib borilayotgan tadbirlar to’g’risida gapirdi.

Shuningdek tergovchi Sh.To’lqinjonov 2017 yil aprel oyi davomida Andijon shaxarida yoshlar orasida giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish hamda tarqatish holatlari bo’yicha javobgarlikka tortilgan fuqorolar to’g’risida gapirib o’tdi.

Yig’ilish davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.