Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 3 may kuni institut rektori, prorektorlari, “Kamolot” YoIH BT, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi xodimlari, fakultet dekani hamda bir guruh iqtidorli talabalari ishtirokida Marhamat tumani, “Qorabog’ish” QFY, “Voxoroson” MFY, “Toshyo’li” ko’chasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi 94 yoshli SHomatov To’qsonboy otaning xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi urush yillaridagi yo’qotishlar, Vatan ozodligi uchun olib borilgan janglardagi jasoratlar xususida atroflicha so’zlab berdi.

Shuningdek, yoshlarga tinchlikni asrashni, uni qadriga yetishni, ota-onaga, yurtga sodiq va munosib farzand bo’lishlari uchun tilaklar bildirdi. Uyushtirilgan tashriflar Andijon viloyat televideniyasi tomonidan tasvirga olindi.