Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 3 may kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 14 apreldagi 87-02-1171-sonli modemnomasiga asosan 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Istiqlol” QFYdagi marhum kichik serjant Kuchkanov Akmal Asqaralievichlarning xonadonlariga institut rektori, prorektorlari, “Kamolot” YoIH BT, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamda fakultet dekanining tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida xonadon sohibi va sohibalariga bayramona kayfiyatda institutning esdalik sovg’alari topshirildi hamda Vatan tinchligi uchun jonini fido qilgan marhum kichik serjant A.Kuchkanovning xizmat faoliyati va jasorati, erishgan yutuqlari to’g’risida ota-onasi bilan suhbat uyushtirildi. Uyushtirilgan tashriflar Andijon viloyat televideniyasi tomonidan tasvirga olindi.