Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    2017 yil 1 may soat 1700 da Andijon mashinasozlik instituti katta majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash raisi, institut rektori U.R. Salomov, Ilmiy kengash a’zolari va barcha professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
   Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarga yetkazish yuzasidan taqdimotga bag‘ishlandi. Mazkur qaror mazmun-mohiyati bo‘yicha Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R. Salomov tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Institut rektori o‘z taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2909-sonli Qarorini qabul qilishdan maqsad, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi haqida batafsil axborot berdi.         Qarorning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati, uning oliy ta’limni rivojlantirishning eng asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha konkret parametrlar va ko‘rsatkichlarni belgilab berganligi xususida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.M.Ermatov va Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i M.B.Yusupovalar o‘z fikr-mulohazalari bilan so‘zga chiqdilar.
   Ilmiy Kengash kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qabul qilib, ikki haftalik muddatda har bir fakultetga ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quv ishlar, ilmiy ishlar prorektorlari biriktirilib, fakultetning boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilarining to‘liq tarkibi uchun ular tomonidan mazkur qarorning taqdimotlari o‘tkazilishini, uch haftalik muddatda fakultetdekani ishtirokida har bir kafedra yig‘ilishida kafedra mudirining taqdimoti asosida professor-o‘qituvchilar tomonidan mazkur qarorni batafsil o‘rganish seminar shaklida tashkil etilishi ta’minlanishini belgiladi. Shu bilan birga institutda o‘tkaziladigan “Axborot soatlari”da mazkur qaror qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsad, uning mazmun-mohiyatito‘g‘risida talabalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borishni tashkil etish vazifalari akademik gypyh murabbiylari zimmasiga yuklatildi.
   Institut professor-o‘qituvchilari Qarorning ahamiyatini to‘liq anglagan holda, unda belgilangan vazifalarni bajarishga o‘ta mas’uliyat bilan yondashish kerakligini chuqur hisetganliklarini bildirdilar. Yig‘ilish oliy ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga qadam qo‘yilganligi munosabati bilan ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.
  Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori sharhiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi. 

We cannot display this gallery