Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 28 aprel kuni institutning katta anjumanlar zalida Andijon davlat universitetining “Xorijiy tillar” kafedrasi professor o’qituvchilari bilan hamkorlikda talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida institutning “Xorijiy tillar” kafedrasida tashkil etilgan “Iqtisodchi tarjimon” va “Muhandis tarjimon” to’garak a’zolarining hisobot tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda buyuk yozuvchi, dramaturg V.Shekspirning 455 yilligi munosabati bilan talabalar tomonidan V.Shekspirning “Romeo va Juletta” asariga sahnalashtirilgan musiqiy sahna ko’rinishi namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida inglizcha qo’shiqlar hamda to’garak a’zolari tomonidan “Texnik muassasalariga san’at o’qitilishi kerakmi?” mavzusida munozara o’tkazildi.

Tadbir so’ngida barcha ishtirok etgan talabalar institut rektorining Faxriy Yorliqlari bilan taqdirlandilar. O’tkazilgan tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.