Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 28 aprel kuni institutning katta anjumanlar zalida Andijon shahar IIB boshlig’i o’rinbosari mayor M.Mamadaliev, IIB Huquqbuzarlik profilaktikasi inspektori leytenant F.Yuldashevlar ishtirokida “Yoshlarga oid davlat siyosatida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini  ta’minlash, odam savdosi, xuquqbuzarlik, o’z joniga qasd qilish, holatlarini oldini olish” mavzusida profilaktik yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda Kun tartibidagi masala yuzasidan so’z Andijon shahar IIB boshlig’i o’rinbosari mayor M.Mamadalievga berildi. M.Mamadaliev o’z so’zida, Hozirgi  kunda  Andijon shahrida IIB hodimlari tomonidan yoshlar orasida olib borilayotgan odam savdosi, huquqbuzarlik, o’z joniga qasd qilish, firibgarlik holatlarini oldini olish borasida olib borilayotgan  profilaktik tadbirlar to’g’risida batafsal aytib o’tdi. Yig’ilishda M.Mamadaliev institut talabalarini Andijon shaxrida olib borilayotgan targ’ibot loyihalarida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shuningdek, Andijon shaxar IIB Huquqbuzarlik profilaktikasi inspektori leytenant F.Yuldashev talabalarga huqubuzarlikni oldini olish, borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi, ijarada yashovchi talaba-yoshlarning yashash sharoitlari bilan muntazam habardor bo’lish ular bilan ishlash oliy ta’lim hamda IIB hodimlari bilan birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiqligi to’g’risida tushunchalar berdi.

O’tkazilgan yig’ilishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilot yetakchisi I.Kobulov, institut Xotin-qizlar kengashi raisi R.Yusupova, “O’zbekiston tarixi” kafedrasi katta o’qituvchisi R.Ataxanovlar Yoshlarga oid davlat siyosatida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini  ta’minlash hamda xuquqbuzarlik, “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’siri xususida o’z fikr mulohazalarini bildirdilar. SHuningdek talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularni qiziqishlaridan kelib chiqib turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etish, fan to’garaklarini faoliyatini samarali yo’lga qo’yish hususida o’z fikrlarini bildirdilar

Yig’ilish davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.