Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 24 aprel kuni Andijon mashinasozlik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907 sonli farmonini ijrosini ta’minlash hamda viloyatdagi professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yetakchi professor-o‘qituvchilar, yosh ilmiy xodimlar va magistrlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor Saidaxror Sayidahmedovich G‘ulomov “Intellektual qobiliyatni rivojlantirish ta’lim, ilm-fan va texnologiyalar modernizatsiyasining asosi” mavzusida ma’ruza qildi.

Seminar ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda professor-o‘qituvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. Seminarda Anijon mashinasozlik instituti, Andijon Davlat universiteti, Andijon Davalat tibbiyot instituti va Andijon qishloq xo‘jaligi institutini 200 nafar professor-o‘qituvchilar, yosh ilmiy xodimlar va magistrlar ishtirok etishdi.

Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari nomidan, ushbu seminar viloyatdagi professor-o‘qituvchilar, yosh ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar faoliyatida ijobiy ahamiyat kasb etganligini yana bir bor e’tirof etgan xolda, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor S.S. G‘ulomovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

We cannot display this gallery