Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 26 aprel kuni Andijon mashinasozlik institutida respublika olimlari, professor-o‘qituvchi va iqtidorli talabalarining mustaqil O‘zbekistonimizdagi ilmiy-texnikaviy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlar hususida fikr-mulohazalari, taklif hamda tajribalar almashish maqsadida, “Innovatsion rivojlanish muammolari: ishlab chiqarish, ta’lim, ilm-fan” mavzusida Respublika ilmiy-texnikaviy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya ishida Andijon viloyati xokimining o‘rinbosari S.P.Ismoilov, “GM-Uzbekistan” AJ tashkiliy rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i Sh.T. Yuldashev, Toshkent Davlat texnika universiteti “Fan va tarqqiyot” DUK professori, texnika fanlari doktori R.X. Saydaxmedov, Toshkent Davlat agrar universiteti professori, texnika fanlari doktori A.B. Djumaboyev va Farg‘ona politexnika instituti professori, texnika fanlari doktori A.M. Qosimoxunovalar ishtirok etdilar. Anjumanga texnika, aniq va tabiiy fanlar, iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha 400 ga yaqin ilmiy maqolalar kelib tushgan.

Konferensiya 4 ta yo’nalishga bo‘lingan holda mashinasozlik, ishlab chiqarishga energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, sanoatni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, xomashyoni qayta ishlash, fundamental fanlarning amaliyotdagi beqiyos o‘rni kabi dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy maqolalar mualliflar tomonidan tinglandi.

O’tkazilgan ilmiy-texnikaviy anjuman barcha ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi.

We cannot display this gallery