Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 17 aprel kuni Andijon mashinsozlik instituti Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi tashabbusi bilan “Xorijiy tillar” kafedra mudiri N.Mirzaeva, katta o’qituvchisi N.Irgasheva, assistenti N.Nurmatova va bo’lim uslubchisi Z.Maxammadjonovlar, Izboskan ijtimoiy-iqtisodiyot kollejiga tashrif buyirdilar. Ular va kollejning ingliz tili o’qituvchilari va 12 nafar o’quvchilar ishtirokida “Unit-10. Requirement of assessment” mavzusida ochiq-dars bo’lib o’tdi.

   O’tkazilgan ochiq-darsda N.Atabaeva o’z mashg’ulotida “Round table”, qadamma-qadam texnologiyalaridan foydalandi. O’quchilarni javoblari va berilgan topshiriqlarni individual, juft va guruh asosida tashkil etildi. O’qituvchi o’z darsida CEFR talablari asosida, ya’ni eshitish, yozish, gapirish, o’qish aspektlari bo’yicha va zamonaviy ped texnologiyalaridan, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar hamda kartochkalardan foydalangan holda qiziqarli tarzda o’tkazdi.

Ochiq-dars tadbiridan so’ng institut professor-o’qituvchilari va kollej direktor o’rinbosari hamda ingliz tili o’qituvchilari bilan darsni muhokamasi o’tkazildi. Institutning prafessor-o’qituvchilari tomonidan o’qituvchining yutuq va kamchiliklari aytilib, kerakli maslaxat va yo’nalishlar belgilab berildi.

      Tashrif so’ngida kollej bitiruvchi o’quvchilari bilan uchrashib, ular uchun Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo’limi tomonidan institutda faoliyat ko’rsatayotgan “Texnologiyalar markazi”ni targ’ibot ishlarini olib borldi va ularga bukletlarini topshirdi