Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf
 
    Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o’rganish, talaba-yoshlarda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini rivojlantirish ularni yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida 2017 yil 20 aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti “Mashinasozlik” fakultetida “Vatanparvarlik – ajdodlar tarixini o’ranishdan boshlanadi”, “Ajdodlar xotirasi yodimizda”, “Ko’hna Mingtepaga tashrif” (muqaddas qadamjolar ziyorati va tarixiy joylarga tashrif) nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda “Mashinasozlik” fakulteti dekani B.Tojiboev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini Sh To’ychiev, institut «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi rahbari Xoliqova Muxtarama Nabievna, “O’zbekiston tarixi” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori U.S. Abdullaev, “O’zbekiston tarixi” kafedrasi assistenti N.Buvaqov, institut “Kamolot”YoIH etakchisi, I.Qobulov va “Mashinasozlik” fakultetining bir guruh talaba yoshlari ishtirok etdilar.

 

Erta tong tadbir qatnashchilari Marhamat tumanidagi “O’zbekiston xalq shoiri” Muhammad Yusuf qabri ziyoratiga yig’ildilar. U erda Qur’on tilovati qilinib marhum shoirning haqiga duolar o’qildi. “O’zbekiston xalq shoiri” Muhammad Yusufning hayoti bilan bog’liq qiziqarli voqelar, u kishining ibratomuz so’zlari qarindoshlari, dustu-birodarlari va yig’ilganlar tomonidan xotirlandi.

 

 

 

     Tadbir doirasida talabalar Marhamat shahri yaqinida joylashgan qadimiy “Mingtepa” arxeologik yodgorligida ham bo’ldilar. Bir necha yil davomida Xitoy arxeologlari bilan hamkorlikda o’rganilayotgan, miloddan avvalgi V asrga ta’luqli ushbu tarixiy yodgorlikni o’rganilishi va uni davlatchiligimiz tarixida tutgan o’rni haqida institut professori, tarix fanlari doktori Ulug’bek Abdullaev talabalarga batafsil so’zlab berdi.

 

 

       Kunning ikkinchi yarmiga kelib, tadbir ishtirokchilari yigirma asrdan ortiq tarixni o’ziga jo qilgan eksponatlardan tashkil topgan, Marhamat shahridagi “Turon” markazi muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzeyda “Turon” o’quv markazi rahbari Ortiqali Xusanov tashrif buyuruvchilarga ko’plab qiziqarli, tarixiy-etnografik ma’lumotlarni etkazdi. O’tkazilgan tadbir talabalar va professor-o’qituvchilarda katta qiziqish uyg’otib, ularni mamlakatimiz tarixi, ajdodlarimizning boy merosi bilan tanishshga, davlatchiligimiz tarixi uzoq o’tmishlardan bugungi kunga qadar bosib o’tilgan yo’l haqidagi tassavurlarining boyishiga xizmat qildi.