Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“Kamolot” YOIH Markaziy Kengash, oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O’rta mahsus, kasb-hunar ta’limi hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2017 yil 5 aprel kuni institutning anjumanlar zalida viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Zukko kitobxon” intellektual o’yinini respublika turnirining viloyat bosqichi o’tkazildi.

Tanlovda viloyat oliy ta’lim muassasalari terma jamoalari faol ishtirok etdilar hamda egallagan bilimlarini yana bir bor sinovdan o’tkazdilar. Tanlov natijalariga ko’ra Andijon mashinasozlik instituti  terma jamoasi faxrli  1-o’rinni egallab, tanlovning mintaqaviy bosqichida ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdilar.