Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 14 aprel kuni institutning katta anjumanlar zalida buyuk davlat davlat arbobi, mutafakkir va bunyodkor shaxs Amir Temurning 681 yilligi munosabati bilan institut talabalarining O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari Xurshidla Qo’chqarova, O’zbekiston Respublikasi madaniyat xodimi, adib Qamchibek Kenja bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda adib Qamchibek Kenjaning “Buyuk sohibqiron o’tgan yo’llari” nomli nasriy asarining taqdimoti o’tkazildi.

SHuningdek, tadbirda O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining  “Ulug’ saltanat” epopeyasi bo’yicha “Kitobxonlik soati” o’tkazildi.

Tadbirda “O’zbekiston tarixi” kafedrasi professori U.Abdullaev “Amir Temur – buyuk davlat arbobi” mavzusida ma’ruza qildi hamda Avtomatika va elektrotexnika fakulteti talabasi S.Abdunazarov “Sohibqiron Amir Temur” nomli she’rni ifodali o’qidi. Tadbir yuqori saviyada o’tkazildi hamda talabalarda katta taassurot qoldirdi.