Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 15 aprel kuni Asaka avtomabilsozlik va sanoat kasb-hunar kollejining bitiruvchi o’quvchilari “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan institutga tashrif buyurdilar. Ushbu “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida kollejning 1 nafar o`qituvchi va 10 nafar bitiruvchilari ishtirok etdilar. Xususan, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Xasanova, “Umumtexnika fanlari” kafedrasi dotsenti Q.Xolmirzaevlar tomonidan Andijon mashinasozlik insituti tarixi, institutda yaratilgan shart-sharoitlar va institut qoshida faoliyat ko’rsatayotgan “Texnalogiyalari markazi” tayyorlov kurslari hamda o’qitiladigan ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ma’lumotlarni bitiruvchilarga aytib o’tdilar. O’tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davomida bitiruvchilarga 2016/2017 o’quv yili imtihon natijalari to’g’risidagi tahlili ma’lumotlar bilan yaqindan tanishish va joriy o’quv yiliga kirish imtihonlarini tashkil etish bilan bog’liq masalalar to’g’risida batafsil ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatini berdi. Tashrif so’ngida institutimizning ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar aks ettirilgan birashurali kitobcha taqdim etildi.