Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Buloqboshi agrosanoat kasb-hunar kollejining 3-bosqich bitiruvchilariga institutda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Ushbu “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida kollejning 80 nafar bitiruvchisi va 2 nafar pedagoglari ishtirok etdilar. Xususan, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Xasanova, “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi assistenti A.Sarimsaqov hamda “Fizika va kimyo” kafedrasi katta o’qituvchisi F.Sultonovalar tomonidan bitiruvchi o’quvchilarga Andijon mashinasozlik instituti tarixi, faoliyati, institutda qoshidagi “Texnologiyalar markazi” tayyorlov kurslari va o’qitiladigan ta’lim yo’nalishlar bo’yicha to’liq ma’lumotlar berib o’tdilar.

Tadbir davomida institutdagi yo’nalishlari bo’yicha o’quv qo’llanmalar, darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganligi hamda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va o’quv xonalaridagi labaratoriya jihozlari bilan yaqindan tanishdilar. O’tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida kollejning bitiruchi o’quvchilari tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.