Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 15 mart kuni Andijon mashinasozlik institutida elita guruhlariga birinchi va ikkinchi bosqich talabalari orasidan iqtidorlilarini saralab olish uchun sinov o‘tkazildi. Sinov quyidagi uchta seksiyalar bo‘yicha o‘tkazildi:

  • 1-seksiya: belgilangan mavzu doirasida insho;
  • 2-seksiya: GRE Basic (Graduation Records Examination);
  • 3-seksiya: BMCT (Bennett Mechanical Comprehension Tests).

Saralash sinovlarida 185 nafar talaba ishtirok etdi.