Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi hamda institutning qo’shma tadbirlar rejasiga asosan hamda  Oliy va o’rat mahsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 martdagi “Targ’ibot tadbirlari rejasini ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 87-02-848-sonli modemnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 16 mart kuni institutning katta anjumanlar zalida “OITSga qarshi kurash” markazi mutaxassisi J.Mamadalieva ishtirokida “OIV/OITS infektsiyasi etiologiyasi, epideiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi mutaxassisi J.Mamadalieva “OIV/OITS infektsiyasi etiologiyasi, epideiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbirda OITS va OIVning salbiy oqibatlari to’g’risida mutaxassis tomonidan talabalarga tushunchalar berildi. Tadbir mazmunli va yuqori saviyada o’tkazildi hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Tadbirda mavzuga oid ko’rgazmali vositalardan foydalanildi.

Tadbirda institutning 14 nafar professor-o’qituvchilari hamda 160 dan ziyod talabalari faol ishtirok etdilar.

Tadbir so’nggida institut professor-o’qituvchilari va talabalari orasida OIV/OITS profilaktikasi bo’yicha o’tkazilgan targ’ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada va mazmunli tashkil etganligi uchun viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi mutaxassisi J.Mamadalieva institut rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.