Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 7 mart kuni o’tkazilgan selektor yig’ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida  institut rektorining 2017 yil 9 mart kuni 98-MM-sonli buyrug’i ishlab chiqildi. Buyruqqa asosan institut O’quv-uslubiy bo’limiga barcha akademik guruhlarda haftaning har payshanba kuni birinchi juftlik “Ma’naviyat soati” (profilaktika) darslarini qo’yish vazifasi yuklatildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha institutning yetakchi professor-o’qituvchilari hamda guruh murabbiylari tomonidan 2017 yil 16 mart kuni institutning 140 ta akademik guruhlarida viloyat hokimligi tomonidan taqdim etilgan yagona tezis asosida hafta davomida viloyatda yoshlar tomonidan sodir etilgan o’g’irlik, tan jarohati yetkazish, giyohvandlik va boshqa turdagi jinoyatlar xususida talabalarga (profilaktika) darslari tashkil etildi.