Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Buloqboshi  agrosanoat kasb-hunar kollejida 2017 yil “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili” deb nomlanganligi munosabati bilan “Oliy o`quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari hamda ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini yoshlar tarbiyasi va kasbga yo`naltirishdagi roli” mavzusida seminar o`tkazildi. O`tkazilgan seminarda O`rta maxsus ta`limi yo`nalishida olib borilayotgan islohotlar to`g`risida va bundan tashqari institutda mavjud yo`nalishlar, tashkil etilgan “Texnologiyalar markazi” qoshidagi tayyorlov kurslari xamda institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to`g`risida mahlumotlar haqida Andijon mashinasozlik institutining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`limi boshlig`i M.Xasanova, Bugungi xayotimizda avtotransportlarning axamiyati hamda servis xizmati haqida “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi katta o`qituvchisi S.Yusupovlar tomonidan mahruza va mahlumotlar berib o`tdilar.  Seminar davomida kollej o`qituvchi va o`quvchilari tomonidan qiziqtirgan savollarga javob oldilar.