Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 13 mart kuni Andijon mashinasozlik institutida Andijon avtomobil yo’llari qurilishi kasb-hunar kollejining “Avtomobillarni yig‘ish va sinash” yo‘nalishi bitiruvchi o‘quvchilariga “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida kollejning 1 nafar o‘qituvchi va 20 nafar o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda institutning Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M.Xasanova va professor-o’qituvchilari T.Almataev, I.Nosirov, F.Dumaxonovlar tomonidan, institutda hozirgi kunda erishilayotgan yutuqlar va yangi pedagogik texnologiyalar, institutning yo’nalishlari, ta’lim olayotgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda institutning laboratoriya xonalaridagi mashinalarga oid jixozlari va hozirgi kunda institut qoshida tashkil etilgan “Texnologiyalar markazi” bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Kollej o‘quvchilariga institutda mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha brashurali tavsifnomalar taqdim etildi.