Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 24 fevral kuni institutda Andijon shahar hokimligi, viloyat Ma’naviyat-targ’ibot markazi, “Kamolot” YOIH viloyat Kengashi, “GM-Uzbekistan” AJ hamda institut “Kamolot” YOIH boshlang’ich tashkiloti hamkorligida Farg’ona vodiysi oliy o’quv yurtlari yosh professor-o’qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilar, magistrlari va talabalarning “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.

Ilmiy-amaliy anjuman “Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda yoshlar ma’naviyatiga ta’sir qilayotgan yot g’oyalar (“ommaviy madaniyat”, axborot huruji, diniy ekstremizm) ta’siridan asrash borasida”, “Yosh avlod tarbiyasida kitob va axborot vositalarining tutgan o’rni: muammo, kamchilik va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif”, “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirilishida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining o’rni”, “Yosh avlodni sog’lom turmush tarzi asosida tarbiyalashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” hamda “Jamiyatda yoshlar bandligini ta’minlash ustuvor vazifa: mulohaza va xulosa” yo’nalishlarida ish olib bordi.

2017 yil Andijon viloyatida “Zahiriddin Muhammad Bobur yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan seminarning ikkinchi badiiy qismida seminar ishtirokchilarini “Bog’ishamol” dahasida joylashgan “Bog’u Bobur” ziyoratgohiga sayohati uyushtirildi hamda “Bobur” muzeyiga tashrif buyurilib, Boburning ijodiy merosi va hayot faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, barcha seminar ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Seminar ishida “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi raisi E.Abduqodirov va viloyat Ma’naviyat-targ’ibot markazi rahbari A.Ismoilov hamda viloyat ta’lim muassasalaridan jami 170 dan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdilar.