Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 23 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarni institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori N.Ikromov kirish so’zi bilan ochib berdi. SHundan so’ng viloyat IIB Tergov boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov, viloyat IIB Tergov boshqarmasi katta tergovchisi, mayor G’.Olimov, viloyat IIB Tergov boshqarmasi Jinoyat ishlar va Terrorizmga qarshikurashish boshqarmasi katta tezkor vakili, mayor X.Mirzaahmedovlar O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, Andijon viloyatida IIB tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar hamda Andijon viloyati IIB tomonidan korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar hususida ma’ruzalar qildilar.

Shuningdek, seminarda institutda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar tomonidan ham fikr-mulohazalar bildirildi hamda ular tomonidan berilgan savollarga IIB xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi. Seminarda 170 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.