Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ajdodlar orzusi

Mana 25 yil bo`libdiki, mustaqil O’zbekistonimiz bayrog’i dunyodagi   davlatlar bayroqlari qatorida mag’rur hilpirab biz yoshlarni g’ururlantirmoqda. Albatta, bu kunlarga erishish oson bo’lgan emas. Vatan ozodligi uchun minglab ajdodlarimiz o’zining aziz jonini fido qilishgan va hozirgi mustaqil O’zbekistondek demokratiyaga asoslangan  davlat qurishga intilganlar. Bizga  ma’lumki,  o’zbek  xalqi  uzoq  yillar  davomida Sobiq Sovet Ittifoqi (Chor Rossiyasi) ga qaram  bo`lib yashadi. Ushbu mustamlakachilik davrida ma`naviyatimiz toptaldi, milliyligimiz yerga urilib to’laqonli ruslashtirish siyosati yuritilgan edi. Bundan  asosiy maqsad mustamlaka xalqlarni o’z dinidan, tarixidan, ma`naviyatidan voz kechishini ko’zlagan ochiqdan-ochiq yuritilayotgan siyosat edi. Kishi tarixini, manaviyatini unutsa, o’zligini ham yo’qotadi va o’z fikri, ongi bo`lmagan manqurtga aylanadi. Ha, mustamlakachilarning asosiy maqsadi ham yerlik xalqlarni manqurtlarga, itoatkar qullarga aylantirish bo’lib, dinini, tarixini buzib ko’rsatar milliy iftixorni tomiriga  bolta urar edi. Masalan: muqaddas dinimiz Islomni olaylik, o’sha paytlarda ta’lim muassasalarida din afyundir,  yani «Ateizm» g’oyalari olg’a surilar, hattoki,  namoz o’qiyotgan insonni yoki uyingizdan arab harflarida yozilgan har qanday adabiyotni ko’rib qolsa otuvga hukm yoki dunyoning bir chekkasidagi sharoiti juda og’ir, borsa kelmas joylarga  surgun qilinardi.   Sohibqiron Amir Temurni qaroqchi, Jadidlarni Vatan hoinlari deb o’qitib o’rganilar edi. Mustaqillikdan so’ng azaliy qadriyatlar va ajdodlar nomi qayta tiklandi, dunyo olimlari nazdida “Mo’g’ul” deb hisoblangan   yurtdoshimiz  Boburiylar sulolasi asoschisi shoh va shoir   Zahiriddin Muhammad Bobur  Temuriylar avlodidanligi u aynan O’zbek o’g’loni ekanligi isbotlandi.

         Zahiriddin Muhammad Bobur bolalik chog’laridan mard, jasur, vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida ulg’ayadi u 12 yoshida baxtsiz tasodif  tufayli  otasidan ayrilib qoladi va to’ng’ich o’g’il bo’lgani uchun taxtga o’tiradi. Boburmirzo dastlab mamlakatni idora qilishda ayonlar va zodagonlarga tayanadi, oradan yillar o’tib ulg’aygan Zahiriddin siyosiy boshqaruvni o’z qo’liga ola boshladi. Ammo mamlakatda uning dushmanlari  talaygina bo’lib har lahza uning xatosini kutib yurishar, qarshi chiqishga shaylanishar edi. Boburmirzo yoshlik chog’laridan ulug’  bir maqsadni ko’zlar va rejalar tuzar edi, ya`ni bobosi Amir Temur  asos  solgan  Temuriylar saltanatini  qayta birlashtirib yaxlit davlat tuzishga harakat qiladi, lekin o’sha davrdagi siyosiy vaziyat og’a-inilar o’rtasidagi parokandalik bunga to’sqinlik qiladi va ota yurti Andijonni tashlab ketishiga sabab bo’ladi. O’z yurtini tark etgach oz sonli lashkari bilan Qobulni egalladi. Bobur  tabiatan go’zallik shaydosi, she`riyat ixlosmandi bo’lib Qobulda ham bog’-u rog’lar, go’zal inshootlar barpo etadi. Keyinchalik bu yerni ham tashlab ketishga majbur bo’lgan Boburmirzo qo’l ostida qolgan sodiq sarkardalari bilan Sharqqa Hindistonga tomon qo’shin tortadi, bir necha urunishlardan so’ng Hindistonni egallaydi shu yerda markazlashgan davlat tuzadi va Boburiylar sulolasiga asos soladi. U o’z hukmronligi davrida  Hindiston va hind xalqiga mehrini beradi, ilm-fan madaniyatga katta e’tibor qaratdi. Hindiston yillar davomida go’zallikda beqiyos davlatga aylanadi,  lekin Boburmirzo shunday betakror davlatni shohi bo’lishiga qaramasdan ona yurt  sog’inchi qalbini o’rtayveradi uni jamolini bir bor ko’rish umrini ohirigacha armon bo’lib qoladi. Undan keyin Boburiylar yana 332 yil Hindistonda hukmronlik qildi. 

Tole yo’g’ki jonimg’a balolig’ bo’ldi,                                                    

Har ishniki ayladim hatolig’ bo’ldi.                                                                                        

O’z yurtni qo’yib Hind sori yuzlandim,         

Yo rab, netay, ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Mana bu misralar va “O’zga yurtda shoh bo’lguncha o’z yurtingda gado bo’l” kabi hikmatli so’zlar Zahiriddin o’z yurtini tark etishi hayotidagi eng katta xatosi deb bilgani va  ko’p afsus-u nadomad chekib qayg’uga botganidan dalolat beradi. Va nihoyat Boburmirzoni armonga aylangan orzusi amalga oshdi farovonlik yillarida uning hoki Andijonga olib kelindi va o’z yurtining sokin go’shasidan makon topdi.  Hozirda  Bog’i Bobur istirohat bog’ining baland tepaligidan  ushbu fuqarolik jamiyatiga asoslangan davlatimizni havas ila mamnuniyat bilan xotirjam kuzatayotgan bo’lsa ajab emas.                                            

Ha mustaqillik bizga nafaqat erkinlik balki buyuk bobokalonlarimiz  nomini qayta tiklanishiga asos  bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ularni azaliy orzusi amalga oshdi ajdodlarimiz barpo etmoqchi bo’lgan insonparvar, go’zal, har  tomonlama  mukammal mustaqil davlat tuzuldi va biz yoshlar  ushbu yurtda  dunyo xalqlari havas bilan boqayotgan ta’lim tizimi asosida tahsil olmoqdamiz, bu esa bizda milliy iftixorni jumbushga keltirib ozod o’tayotgan har bir daqiqamizga shukronalar aytib, O’zbekistonimizning ravnaqiga munosib hissamizni qo’shib,  huddi bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobir singari   vatanparvarlik ruhida ijod qilib yashashga undaydi.

ISTIQLOL

Istiqloldan so’z ochsam agar,

Juda katta roman bo’ladi.

Vatanimni bir ko’rish uchun, 

Qayonlardan mehmon keladi .

Ajdodlarim qurgan bu yurtda,

Yashayapman faxrga to’lib.

Onamdayin asrayin seni, 

Xizmatingni qilgayman kulib. 

Har kun tongda ertaroq turib,

Hayqiraman iftixorimsan.

Mening baxtim ota makonim, 

Or nomusim  O’zbekistinim.

Madaminov Abdulqosimjon Xusanboy O’g’li

AndMI, TJIChAB, I-bosqich  21816-guruh ilm  tolibi