Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutga biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan institut o’rtasida tuzilgan Hamkorlik shartnomalar shartlarini bajarish xamda Akademik litsey va kasb-hunar kollej bitiruvchilarini  Oliy ta’lim muassasalalariga jalb qilish maqsadida 2017 yil 15 fevral kuni Asaka sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejining “Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik mexanik” yo’nalishi bitiruvchilari  uchun “Ochiq eshiklar” kuni  o’tkazildi.  

Tadbir davomida kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga  “Avtomobilsozlik” va “Er usti transport tizimlari” kafedralarining  professor-o’qituvchilari dotsent T.Almataev, B.Sobirov, F.Toxtasinovalar tomonidan  institutda mavjud yo’nalishlar, tashkil etilgan “Texnologiyalar markazi” qoshidagi tayyorlov kurslari xamda institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to’g’risida ma’lumotlar va ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Ushbu “Ochiq eshiklar” kunida kollejning 2 nafar o’qituvchisi va 54 nafar bitiruvchilari ishtirok etdilar. Kollej bitiruvchilariga institutda mavjud yo’nalishlar bo’yicha tavsifnomalar  taqdim etildi.