Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 17 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida viloyat Madaniyat va sport boshqarmasi, viloyat “Meros” ansambli hamda institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamkorligida Andijon viloyatida 2017 yil – “Zaxiriddin Muhammad Bobur yili” deb e’lon qilinganligi hamda Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan viloyat “Me’ros” ansamblining kontsert dasturi tashkil etildi.

Kontsert dasturida “Meros” ansambli xonanda va sozandalari tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning hamda Alisher Navoiyning g’azallaridan jonli ijroda qo’shiqlar kuylandi.

Shuningdek, tadbirda estrada yo’nalishidagi sho’h kuy va qo’shiqlar yangradi. Kontsert dasturi barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.