Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 15 fevral kuni institut katta anjumanlar zalida Andijon viloyati IIB Tergov boshqarmasi katta tergovchisi mayor G’.Olimov, viloyat IIB Tergov boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari podpolkovnik  I.Ketmonov, Viloyat Yo’l xarakati boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari kapitan Sh.Usmonov, Salomatlik instituti bo’limi mudiri U.Usmonovlar ishtirokida “Odam savdosi mudxish jinoyat” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.

Seminarda kun tartibidagi masala yuzasidan so’z Andijon viloyat IIB Tergov boshqarmasi katta tergovchisi mayor G’.Olimovga berildi. G’.Olimov o’z so’zida, Hozirgi  kunda  Andijon viloyatida IIB hodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan tezkor proflaktik chora-tadbirlar to’g’risida batafsil gapirib o’tdi.

Shuningdek, seminarda Andijon viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov talabalarga O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi  Qonunning 18 moddasidagi “Ichki ishlar organlari tomonidan ayrim majburlov choralarining qo’llanishining huquqiy asoslari shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish borasida kelgusidagi vazifalar to’g’risida”gi qonun ijrosi to’g’risida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar batafsil tushunchalar berildi.

Seminar davomida viloyat Yo’l harakati boshqarmasi boshlig’ining  birinchi o’rinbosari kapitan SH.Usmonov talabalarga viloyat Yo’l harakati boshqarmasi hodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan proflaktik chora-tadbirlarga to’htalib, yuz berayotgan va yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

 Seminarda Andijon viloyati Salomatlik instituti bo’limi mudiri U.Usmonov ishtirok etib, o’z so’zida yoshlar o’rtasida Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish borasidagi fikrlarini bildirib o’tdi.

Yig’ilish davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Seminar ishida jami 160 dan ziyod professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.