Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 14 fevral kuni institutning bosh binosi katta anjumanlar zalida o’zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” mavzusida adabiy kecha va institut fakultetlariaro ko’rik-tanlov o’tkazildi.

Ko’rik-tanlovda  jamoalar 3 ta “Jamoaning salomlashuvi”, “Viktorina savollari” hamda “Boburni anglab” mavzusida sahna ko’rinishi shartlari bo’yicha bellashdilar.

Tadbir davomida institut fakultetlarining shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan devoriy gazetalar tanlovi ham tashkil etildi.

Tanlovda Mashinasozlik fakulteti 1-o’rinni, Mashinasozlik texnologiyasi 2-o’rinni hamda Avtomatika va elektrotexnika fakulteti 3-o’rinni egalladilar hamda institut rektorining Faxriy Yorliqlari bilan taqdirlandilar. Tadbirda jami 280 dan ziyod professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar hamda o’tkazilgan tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, tadbirda tomoshabinlar e’tiboriga institutning “Nihol” teatr studiyasi a’zolarining “Boburning so’nggi kunlari” nomli spektakli namoyish etildi.