Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ford kompaniyasi Expedition yangi avloddagi yo’ltanlamasni taqdim etdi. Model alyuminiyli kuzov elementlari, shuningdek yuqori sifatli po’latni ishlatish tufayli avvalgilarga qaraganda 136 kilogrammga yengilroq bo’ldi.

Ford Expedition yangi avlodi 3,5 litrli EcoBoost oilasidagi motor yordamida harakat keltiriladi. 

Tarmoqda yo’ltanlamasning ilk tasvirlari paydo bo’ldi. Unda model salonini ham ko’rish mumkin – u sakkiz yo’lovchiga mo’ljallangan. Ikkinchi qator o’rindiqlari uchinchi qatorga qulaylik yaratish maqsadida oldinga qarab surilishi mumkin.

Ford Expedition 370 ot kuchiga ega V6 dvigateli bilan jihozlanadi, u olti pog’onali avtomatik uzatma qutisi bilan birga ishlaydi.

Yo’ltanlamas 40dan ortiq elektron yordamchi va xavfsizlik tizimiga ega. Shuningdek Ford Expedition mobil gadjyetlarga mo’ljallangan simsiz quvvatlantirish qurilmasi, ikkinchi qatordagi yo’lovchilarga ko’ngilochar tizim, Apple CarPlay va Andorid Auto bo’lgan SYNC 3 multimedia tizimi, oltita USB-portlar, 12ta dinamikli B&O audiotizimiga ham ega.

Ford Expedition Amerikaning Luisvill shahridagi zavodda ishlab chiqariladi. AQShda model kuz oylarida sotuvga chiqariladi.