Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 9 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi, “Xorijiy tillar” kafedrasi hamda “Kamolot” YOIH Boshlang’ich tashkiloti hamkorligida Xazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan “Navoiy ijodiyoti bilimdonlari” badiiy-adabiy tadbiri o’tkazildi.

Badiiy-adabiy tadbirda talabalar Xazrat Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Shuningdek, institutning iqtidorli talabalar Navoiy ijodidan g’azallarni ifodali o’qib eshittirdilar.

Tadbir davomida institut talabalari Xazrat Mir Alisher Navoiy hayotiga oid sahna ko’rinishlari bilan chiqishlar qildilar.

Tadbir so’nggida badiiy-adabiy tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga institut rektorining Faxriy Yorliqlari topshirildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.