Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institut talabalari orasida Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodini keng targ’ib qilish maqsadida 2017 yil 7 fevral kuni institutning barcha akademik guruhlarida guruh murabbiylari tomonidan “Ma’naviyat soatlari” doirasida “Ajdodlar xotirasi yodimizda” mavzusida dars mashg’ulotlari tashkil etildi.

2017 yil 10 fevral kuni viloyat miqyosida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga atab “Biz Bobur izdoshlarimiz” nomli saxnalashtirilgan shou dasturini o’tkazish rejalash-tirilgan. SHu munosabat bilan institutning 10 nafar iqtidorli talabalari ushbu saxnalashtirilgan shou dasturda ishtirok etish maqsadida Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani asosida stsenariysi ishlab chiqildi hamda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

2017 yil 14 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi tomonidan Nizom asosida shox va shoir Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan institut fakultetlariaro “Nazm va navo” tanlovi o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur nomini abadiylashtirish maqsadida institutning asosiy binosiga kirish qismining foyesiga Bobur byustini o’rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Institutda tahsil olayotgan talabalar tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, adabiy-ma’naviy merosini o’rganish institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limiga maqolalar taqdim etilmoqda hamda eng saralari tanlab olinib, institutning veb-saytida yoritilmoqda.