Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017—2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakat strategiyasi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda «O’zbekiston» telekanali «Axborot» ko’rsatuvida xabar berildi.

Farmon loyihasi yanvar oyining ikkinchi yarmida normativ-huquqiy aktlar muhokamasi portaliga muhokama uchun joylashtirilgandi. Hujjat ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o’tdi.

Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o’rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo’yicha ishlab chiqilgan.

Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo’yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e`lon qilindi.

Bugun imzolangan farmonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5ta ustuvor yo’nalishi keltirilgan:
– Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;
– Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
– Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
– Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
– Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta`minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.