Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 8 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni va “Narkotik moddalarning suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo’yicha 2016-2020 yillarga mo’ljallangan kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilning fevral oyida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash oyligi” e’lon qilingan, shu munosabat bilan Andijon viloyati hokimligining jadvaliga asosan viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda Viloyat IIB boshlig’ining o’rinbosari SH.Ibragimov, SHTBIX boshlig’ining o’rinbosari B.Urinov, Viloyat IIB “Narkotik moddalarga qarshi kurashish” bo’limi xodimi Q.Abdurahmonov, Andijon viloyat Narkotik moddalarni tarqalitshini nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi kotibi J.Mansurov, Andijon shahar “Imomi A’zam” masjidi imom xatibi, “Sayid Muhiddin Mahdum” nomidagi bilim yurti mudarrisi H.Jo’raboev, viloyat Psixonevrologiya dispanseri narkologiya bo’limi vrach-narkologi X.Adilova hamda “Andijonnoma” gazetasi muhbiri X.Xo’jamqulovalar o’zlarining mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Shuningdek, uchrashuvda tadbir mehmonlari tomonidan giyohvandik ayanchli illatlari, hozirgi kunda davlatitmiz tomonidan bu illatga karshi kurashish yo’nalishida olib borilayotgan tadbirlar xususida atroflicha ma’lumotlar berdilar hamda “Umr zavoli” mavzusidagi videorolik namoyish etildi.

Tadbirda ishtirokchilari talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berdilar. Uchrashuvda jami 128 nafar talabalar va 10 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Uchrashuv viloyat televideniyasi tomonidan tasvirga olindi.