Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2016 yil 28 dekabrdagi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xalq qabulhonalariga va virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo’yicha davlat organlari va xo’jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko’rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti rektori Salomov O’ktam Rahimovichning virtual qabul xonasi faoliyat olib bormoqda.

Virtual qabulxonaga institutning www.andmiedu.uz sayti orqali kirish mumkin.

Virtual qabulxona orqali muammo va takliflar hamda shikoyatlar yuzasida to’g’ridan-to’g’ri rektorning o’ziga murojaat qilish imkoniyati bor.

Ariza, shikoyat va takliflarni saytning bosh sahifasida kerakli maydonlarni to’ldirgan holda qoldirish mumkin. Ko’rib chiqilgan murojaatning natijasi murojaatchining elektron manziliga yuboriladi.

Shuningdek, ishonch telefoni 0 374 223-44-09 raqami orqali ham murojaat qilish mumkin.