Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Chexiyaning Skoda avtomobilsozlik kompaniyasi Octavia modeli tarixidagi eng kuchli namunasini havola qildi. U RS 245 deb nomlandi. Avtomobil ikki xil: liftbek va universal ko’rinishda ishlab chiqiladi. Modelning rasmiy taqdimoti 7 mart kuni Jyeneva avtoko’rgazmasida bo’lib o’tadi, deb xabar qilmoqda brend matbuot xizmati. 

Yangi avlod Octavia 2,0 l hajmdagi kuchaytirilgan benzinli dvigatelga ega bo’ldi, uning kuchi 245 ot kuchini tashkil etadi. Bu esa, Octavia RS modelidan 15 ot kuchiga quvvatliroqdir. Dvigatel olti bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yordamida mashinani harakatga keltiradi. Bundan tashqari, unga 7 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi ham o’rnatilishi ham mumkin. 

Skoda Octavia RS 245 liftbeki soatiga 100 km tezlikka 6,6 soniyada erishadi. Bu Octavia RS modeliga qaraganda 0,1 soniyaga tezroqdir. Universal Octavia RS 245 6,7 soniyada “yuz”ga chiqadi. Avtomobilning eng yuqori tezligi elektronika yordamida soatiga 250 km tezlik bilan cheklangan.