Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 2 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamda institut Xotin-qizlar Qo’mitasi, “Olima ayollar” uyushmasi hamkorligida institutda tahsil olayotgan oilali talaba-qizlar o’rtasida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida oilali talabalarni darslarga qatnashishi, o’zlashtirishi, ularni qiynayotgan turli masalalar hamda ta’lim muassasasiga diniy liboslarda kelmasliklari xususida atroflicha so’z yuritildi.

Davra suhbatida ayollarni himoyalashga qaratilgan 80 ga yaqin milliy va halqaro hujjatlar qabul qilingani, Mamlakatimiz Konstitusiyasi, O`zbekiston Respublikasining Mehnat, Oila kodekslari va boshqa turli qonun-normativ  hujjatlarda ayollarning huquqlari, manfaatlari va errkinliklari mustahkamlab qo`yilganini, O`zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog`lom ona – sog`lom bola”  deb nomlanishini, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 1999 yilning 10 iyunida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan ta’sis etilgani haqida m’lumot berildi.

Xotin-qizlarimiz uchun shuncha shart-sharoit, imtiyoz va imkoniyat berilayotgan bir paytda ular o`rtasidagi ba’zi noxush xolatlar tahlili talabalar hukmiga havola qilindi.

Tadbir yakunida kelgusida institut talaba-qizlarning axloq-odobi, kiyinish madaniyati va ma’naviyatini shakllantirishda ota-onalarning, oilaning mas’uliyatini oshirish, erta turmushga chiqqishning tibbiy, ma’naviy va iqtisodiy zararli oqibatlari haqida xulosalar berilib, uning oldini olish lozim bo`lgan ma’naviy-ma’rifiy targ`ibot ishlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar berildi.

Davra suhbatida 121 nafar talaba-qizlar hamda 20 dan ziyod ayol professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.