Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

«Dunyoning yil avtomobili» (World Car of the Year (WCOTY)) tanlovi tashkilotchilari bu unvonga da`vogar 10 ta modeldan iborat ro’yxatni chop etdi. Bu unvon g’olibi aprelda Nyu-Yorkdagi avtosalonda ma`lum qilinadi.

Sayyoramizning eng yaxshi avtomobili unvoniga da`vogarlik qilayotgan 10 ta modeldan 5 tasi Volkswagen konserni tarkibiga kiruvchi markalar tomonidan ishlab chiqariladi. Shuningdek, da`vogarlarning yakuniy ro’yxatida uchta yapon modeli, Chexiya, Buyuk Britaniya va Italiyadan bittadan model bor.

Nyu-York avtosalonida dunyoning eng yaxshi avtomobilidan tashqari, «Yilning eng hashamatli avtomobili», «Yilning eng yaxshi superkari», «Yilning eng yaxshi «yashil» avtomobili», «Yilning eng yaxshi shahar avtomobili» yo’nalishlari bo’yicha ham g’oliblar aniqlanadi. 

Quyida da`vogarlar ro’yxati keltirilgan.

Dunyoning yil avtomobili

Audi A5/S5
Audi Q2 
Audi Q5 
Fiat 124 
Honda Civic 
Jaguar F-Pace         
Mazda CX-9         
Skoda Kodiaq         
Toyota C-HR         
Volkswagen Tiguan         

Yilning eng hashamatli avtomobili

Bentley Bentayga
BMW 5-Series
Genesis G90
Mercedes-Benz E-Class
Volvo S90/V90

Yilning eng yaxshi superkari

Aston Martin DB11
Audi R8 Spyder
Acura NSX
McLaren 570S
Porsche 718 Boxster/Cayman

Yilning eng yaxshi «yashil» avtomobili

Chevrolet Bolt
Honda Clarity
Hyundai Ioniq
Tesla Model X 
Toyota Prius Prime

Yilning eng yaxshi shahar avtomobili

BMW i3
Citroen C3
Ford Ka+
Smart Cabriolet
Suzuki Ignis

O’tgan yili «Dunyoning yil avtomobili» unvoniga Mazda MX-5 rodsteri sazovor bo’lgandi. Avvalgi tanlov finalchilari esa Audi A4, Mercedes-Benz GLC, Cadillac CT6, Mazda CX-3, Jaguar XE, Land Rover Discovery Sport modellari bo’lgan.