Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Jamiyatning rivojlanishi bevosita texnik va texnologik taraqqiyoti bilan bog’liq. Bu esa chuqur o’rganilgan fizika qonuniyatlarisiz amalga oshmaydi. SHunday ekan, fizika fanini ham nazariy o’qitish, ham eksperimental o’qitish – shu kunning muhim vazifasi hisoblanadi.
Ilmiy texnika taraqqiyoti kundalik hayotga jadal kirib borishi zamonaviy mutaxassislardan ko’plab fizik asbob va uskunalardan foydalana bilishni talab etadi. Talabalar bu bilim va ko’nikmalarni asosan fizika laboratoriyasida oladilar.
Fizika ta’limida laboratoriya eksperimenti orqali olinadigan bilimlar o’zining didaktik hususiyatlari jihatidan katta salmoqqa egadirlar. Ushbu imkoniyatlardan uzluksiz ta’limning oliy ta’lim bosqichlarida keng foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. Respublikamizda ohirgi yillarda laboratoriya qurilmalariga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bu esa o’z – o’zidan laboratoriya qurilmalarini ishlab chiqarishga, jahon andozalariga mos laboratoriya qurilmalarini ta’lim tizimiga joriy etishga e’tiborni kuchaytirmoqda.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik ba’zasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1533-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti “Fizika va kimyo” kafedrasiga jahon andozalari talablariga javob beruvchi Germaniyaning “Leybold-LD” firmasining “Molekulyar fizika” va “Optika” laboratoriya jihozlari keltirildi. Bu esa yangi o’quv yiliga yangi sovg’a bo’ldi. SHuningdek, laboratoriya ishi o’tkazishdagi muammolarimiz xal bo’ldi. Ushbu laboratoriya xonalariga katta o’qituvchi O. Mirkomilov va assistent I. Anorboevlar mas’ul etib tayinlandi.


O’rnatilayotgan laboratoriya qurilmalari tajriba natijalarini to’plash va qayta ishlash, hamda ularni qulay shaklda (jadval, grafik bog’lanish va h.k) taqdim etuvchi kompyuter tizimlari bilan ta’minlangan. Zamonaviy, to’liq avtomatlashtirilgan o’lchov vositalaridan foydalanish standart laboratoriya qurilmalari imkoniyatini kengaytirib, unda yangi, o’ziga xos tajriba vazifa va topshiriqlarini amalga oshirish imkonini beradi. Har bir laboratoriya qurilmasi mantiqiy va qulay foydalanish interfeysiga ega. Fizikaviy tajribalarini o’tkazishda zamonaviy o’lchov vositalari va dasturiy yechimlardan foydalanish fizikaviy hodisalarni yanada chuqurroq tushunishga imkon yaratadi.