Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti mustaqil obod yurtning asoschisi, buyuk davlat arbobi, siyosiy zargar, mard va jasur inson bo’lgan Islom Abdug’aniyevich Karimov tarix zarvaraqlarida o’chmas iz qoldirib barcha o’zbek xalqining qalbida mangu yashamoqda. Yurtboshimizning olib borgan oqilona siyosati sabab bugungi kunda yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lib bormoqda. Prezidentimizning durdona asarlari haqida soatlab, kerak bo’lsa kunlab gapirishimiz mumkin. Bu durdona asarlar barcha o’zbek xalqining, xususan biz yoshlarning hayotida ham dasturi amal bo’lib xizmat qiladi. Bu inson juda qisqa fursatlarda mustaqil demokratik fuqarolik davlatini yaratdi. Bir kichik oilani boshqarish ham insondan juda katta ma’suliyatni talab etadi. Yurtboshimiz esa butun boshli o’zbek xalqini boshqarib tinch va totuv baxtli yashashini ta’minladi. Buyuk yo’lboshchimiz kechani kecha, kunduzni kunduz demay o’z manfaatidan xalq manfaatlarini ustun qo’yib, buyuk va qudratli davlat yaratdi. Mustaqilligimizning 25 yillik to’yi arafasida Men talabalik baxtiga erishdim, ya’ni Andijon Mashinasozlik institutining baxtli talabalari qatoridan joy oldim. Talabalik baxtiga men faqatgina o’z bilimim, kuchim bilangina emas, buning zamirida yutboshimizning biz yoshlarga qaratgan yuksak e’tibori yaratib berilgan shart-sharoitlar samarasi o’laroq bugun talabalik gashtini surib yuribman. Muhtaram Prezidentimizning mana shu so’zlari meni doimo ruhlantirib, ertangi kunga ishonch bilan yangidan yangi marralar sari olg’a intilishimga turtki bo’ladi. “O’zbekistondagi million, million yoshlar o’zimni bolalarim, mening farzandlarim”. Bu so’zlar biz yoshlarning zimmasiga juda katta ishonch, ma’siliyatni yuklaydi. Biz yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor shart-sharoitlar samarasi ila endilikda barchamiz birlashib, qo’lni-qo’lga berib, yurtboshimiz boshlab bergan yo’lning davomchilari sifatida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan yelkama-yelka turib el-yurt ravnaqiga xissa qo’shib bobojonimizga munosib vorislar bo’lamiz. “Ertangi kun bizniki, marra bizniki”. Biz yoshlar ham kelgusida hamyurtlarimiz Xasanboy Do’stmatov, Ruslan Nuriddinovlar kabi O’zbekiston bayrog’ini yuqori cho’qqilarga ko’tarib, madhiyamizni jahon arenalarida baralla yangrashiga va’da beramiz. Shoir ta’biri bilan aytganda insonlar bor tirikligida o’lik, insonlar bor o’lganda ham tirik. Buyuklar o’lmaydi, qalblarda mangu yashaydi.

MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI FAKULTETI «TMJ» YO’NALISHI 199-GURUH TALABASI TURSUNOV RO’ZIMAHAMMAD

[table “” not found /]